Akramova, M.Yu. and Jaxongirova, N.J. (2024) ERTA TUG‘ILISHDAN KEYINGI ONTOGENEZDA TUXUMDONLARNING MORFOLOGIK TRANSFORMASIYALARINI O‘RGANISH. Gospodarka i Innowacje, 52. pp. 435-439. ISSN 2545-0573
Text
document (49).pdf Download (1MB) |
Abstract
Ushbu maqolada qiz bola chaqaloqlar erta postnatal davrida tuxumdon gistotopografiyasida yuz beradigan morfologik o‘zgarishlarni aniqlashga bag‘ishlangan. Material sifatida qorinichi asfiksiya va pnevmopatiyalardan o‘lgan qiz chaqaloqlarning tuxumdoni umumiy gistologiya, gistoximiya va morfometriya usullarida o‘rganilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tuxumdonining po‘stloq qavatida zich holda primordial tuxum hujayralari joylashganligi, mag‘iz qavatga chegara sohalarida granulez hujayralar proliferatsiyalanishidan follikulyar tuzilmalar paydo bo‘lishi va ularning orasida, ya'ni interstitsiysida har xil darajada zichlikdagi pregranulezva selemik hujayralar o‘rin egallaganligi kuzatildi. Chaqaloqlarning 3 oylik davriga kelib tuxumdon po‘stloq qavatida primordial tuxum hujayralar siyraklashib, aksariyati degenerativ va destruktiv o‘zgarishlarga uchraganligi, oraliq to‘qimasida tolali biriktiruvchi to‘qima tutamlari paydo bo‘lganligi aniqlandi. Chaqaloqlarning ilk postnatal davridan boshlab tuxumdonida reproduktiv vazifani bajaradigan primordial tuxum hujayralarning bir qismi destruksiyalanib, atreziyalanishi, oraliq to‘qimasida granulez va teka to‘qima hujayralarining ko‘payishi kuzatildi.
Item Type: | Article |
---|---|
Subjects: | Q Science > QH Natural history R Medicine > R Medicine (General) |
Divisions: | Postgraduate > Master's of Management |
Depositing User: | Journal Editor |
Date Deposited: | 02 Nov 2024 06:21 |
Last Modified: | 02 Nov 2024 06:21 |
URI: | http://eprints.umsida.ac.id/id/eprint/14520 |
Actions (login required)
View Item |